Jeleznovodsk

Jeleznovodsk – Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasidagi shahar (1917 yildan), Kavkaz mineral suvlari guruhiga kiruvchi balneo balchiq kurort. Jeleznovodsk 600-630 metr balandlikda joylashgan. Temir yo’l shoxobchasi (6 kilometr) orqali Beshtov stantsiyasi bilan bog’langan. Aholisi 29,4 ming kishi (1992). 19-asr boshlaridan kurort sifatida tanila boshlagan. Yozi iliq, (iyulning o’rtacha temperaturasi 2G), quruq, qishi mo’tadil yumshoq (yanvarning o’rtacha tempraturasi — 4°); yiliga o’rtacha 605 millimetr yog’in yog’adi. Slavyanovsk va Smirnovsk karbonatli mineral buloqlari suvi ichiladi, qadoqlab jo’natiladi, boshqa buloqlarning suvi vannaga beriladi. Ovqat hazm organlari, urologik va modda almashinuvi buzilishi kabi kasalliklar bilan og’rigan bemorlar davolanadi. Tambukan ko’lidan shifobaxsh balchiq olinadi.