Jez, latun

Jez, latun — asosan, mis bilan ruxdan (50% gacha) iborat qotishma. Jez olish qadimdan (miloddan avvalgi) ma’lum. Ilgari (18- asrgacha) misni pista ko’mir qo’shilgan rux rudasi bilan birga eritib Jez olishgan, 19-asrga kelib misni to’g’ridan-to’g’ri rux bilan birga eritib ola boshlashgan. Tarkibida rux miqdori ortgan sari Jez rangi qizg’ishdan och sariq ranggacha o’zgaradi. Ko’rkamligi, arzonligi, mexanik xossalari yaxshiligi uchun mis qotishmalari ichida Jez eng ko’p ishlatiladi. Oddiy Jez — misning fakat rux bilan qotishmasi. Tarkibida 10% gacha rux bo’lgan Jez tompak, 1 0 – 2 0 % gacha rux ft bo’lgani yarim topak deb ataladi. Bularning zanglashga chidamliligi va plastikligi yuqori bo’lgani uchun ulardan radiator va kondensator quvurlari, list va lentalar tayyorlanadi. Tarkibida taxminan 30% rux bo’lgan Jez patron latuni deyiladi va sovuqlayin shtamplash, presslash yo’li bilan undan turli buyumlar olinadi. Tarkibida 39% gacha rux bo’lgan Jez bir fazali (a), 39 dan 45% gacha rux bo’lgani ikki fazali ((5) qotishmalardir. Jez tarkibida rux miqdori kamaygan sari qotishmaning plastikligi ortib boradi. Eng plastik Jeza — latundir. Tarkibida 45% dan ortiq rux bo’lgan Jezlar juda qattiq va mo’rt bo’lganligidan texnikada ishlatilmaydi. Jezning xossalarini yanada yaxshilash uchun alyuminiy, qalayi, temir, marganes, nikel, kremniy, qo’rg’oshin va boshqa elementlar (hammasi bo’lib 10% gacha) qo’shiladi. Shunda ko’p aralashmali (maxsus) Jez hosil bo’ladi. Tarkibida chamasi 15% rux va 0,5% alyuminiy bo’lgan Jez tillarang bo’lgani uchun undan zargarlik va bezak buyumlari tayyorlanadi. Tarkibida 1,5% gacha qalayi bo’lgan Jez dengiz latuni deyilib, dengiz suviga chidamli bo’lgani uchun kemalarga ishlatiladi, 3% gacha qo’rg’oshin qo’shilgan Jez avtomobil va soatsozlikda qo’llaniladi. Jez deformasiyabop va quymabop xillarga bo’linadi. Deformasiyabop Jezdan quvurlar, list, tasma, chiviq va boshqalar. Prokatlanadi, quymabop Jezdan esa armaturalar, antifriktsion detallar, podshipnik vtulkalari va boshqalar quyiladi. Jez umumiy mashinasozlikda, asbobsozlikda, issiqlik texnikasi va boshqa sohalarda ishlatiladi.