Jezlash, latunlash
Jezlash, latunlash — metall (asosan, po’lat) buyumlar sirtiga tarkibi mis (70%) va rux (30%) dan iborat yupqa (bir necha mkm) qatlamni qoplash. Asosan, elektrgalvanik usulda, ya’ni galvanik vannasida jezni cho’ktirish usulida amalga oshiriladi. Jezlash titan va titan qotishmalarining edirilishiga qarshi xossalarini yaxshilash, buyumlarni zanglash (korroziya) dan asrash, qizdirib presslashda po’lat hamda alyuminiy buyumlarning rezina bilan yaxshi tishlashishini ta’minlash maqsadida qilinadi.