Jezoyna
Jezoyna — jez va ilk temir davrida ishlangan metall ko’zgu. Milodning boshlarigacha shisha oyna bo’lmaganligi sababli oyna jezdan qilingan. Qadimgi mozorlarda Jezoyna ko’pincha ayollarning ziynat buyumlari qatorida uchraydi. Jezoyna, asosan, doira shaklida bo’lib, avval dastasiz, keyinroq (temir davrida) dastali qilinib, turli xil naqshlar berilgan. Jezoyna o’rta asrlardagi ba’zi yodgorliklarda ham uchraydi. Yaltiroqligini doimiy saqlash uchun Jezoyna yuzasi teridan qilingan nafis pardozlagich bilan ishqab turilgan.