JIHOD

JIHOD, g’azovot (arab. G’ayrat qilish, kuchni ishga solish) — islomda din yo’lida kurash. Dastlab Jihod deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Milliy ozodlik harakatlari davrida Jihod g’oyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda foydalanildi. Umuman, hozirgi zamon musulmon nazariyotchilari Jihodni islomni tinch yo’l bilan yoyish, uni tashqi tazyiqdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va g’ayratlarini safarbar etish vositasi deb ta‘riflaydi. Mo’tadil islom tarafdorlarining e‘tiqodiga ko’ra, kuch ishlatish – «kichik Jihod», har bir mo’min musulmonning o’z nafsi bilan kurashi va ma‘naviy barkamollik yo’lidagi sa‘y-harakati esa «buyuk Jihod» hisoblanadi. Oyat va hadislarga ko’ra, Jihod hech qachon biror musulmonga yoki musulmonlar yashaydigan yurtga qarshi e‘lon qilinmaydi. Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda Jihod ko’proq «g’azovot» nomi bilan ma‘lum bo’lgan.