JENEVA KONVENSIYALARI

JENEVA KONVENSIYALARI — 1949-yil 12-avgustda Jeneva shahrida urush jabr yetkazganlarni himoya qilish to’g’risidagi qabul qilingan xalqaro konvensiyalar. Bu bitimga: 1) harakatdagi armiya hisobidagi yarador va kasallar ahvolini yaxshilash; 2) dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, kasallar va kema xalokatiga uchraganlar ahvolini yaxshilash; 3) harbiy asirlar bilan muomala qilish; 4) urush davrida aholini muhofaza etish to‗g‗risidagi konvensiyalar kiradi. Konvensiyalar qabul qilingan konferensiya ishida 56 ta davlat qatnashgan. Jeneva konvensiyalariga 1907 va 1929-yillardagi xalqaro konvensiyalar asos bo’lgan.