Jiltemasoy

Jiltemasoy — Samarqand viloyati Nurota tumanidagi soy. Qalamjarsoy (Selsoy)ning chap irmog’i. Oqtog’tizmasining shimoliy yon bag’ridagi Langar qishlog’i yonidan boshlanib, shimolga tomon oqadi. Kirichsoy qo’shilgandan so’ng Nurota tekisligiga chiqadi va Chuyamoy deb ataladi. Qalamjarsoygacha yetib bormasdan Soykechar qishlog’idan 3 kilometr Janubi-g’arbda qurib qoladi. Uzunligi 18 kilometr, havzasining maydoni (tog’li qismi) 25 km2. Jiltemasoy qisman qor, asosan yomg’ir, buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 80 -100 l/sek. Suvi fevral— aprelda ko’payadi, may, ayniqsa, iyundan kamayib ketadi. Lekin havzasida buloqlar ko’p bo’lganidan butunlay qurib qolmaydi.