Jingalak qoya

Jingalak qoya – harakatlanayotgan muz qirib, silliqlab ketgan tub jinslar, qattiq tog` jinslari. Bunday qoyalar antropogen davr muzlari bosgan o`lkalarda, hozirgi baland tog`larda tarqalgan. Jingalak qoyalarning muz kelgan tomonga qaragan yoni qiya, teskari tomoni tikroq bo`ladi. Odatda jingalak qoyalar yalang`och toshlar bo`lib, muz taroshlari aniq ko`rinib turadi.