Jing’archalar (Sorex)

Jing’archalar (Sorex) – sut emizuvchi hayvonlarning yer qazuvchilar oilasiga mansub bir urug’i. Hasharotxo’rlar turkumiga kiradi. Tashqi ko’rinishi sichqonga o’xshaydi, lekin tumshug’ining xartumsimon cho’ziqligi bilan undan farq qiladi. Tanasining uzunligi 30— 80 millimetr. Tishlarining yuqori yarmi qizg’ish-qo’ng’ir. Yevropa va Osiyoning tundra, o’rmon-dasht zonalarida ko’p uchraydi. Tanasining uzunligi 38-53 millimetr keladigan mitti Jing’archalar — hozirgi eng kichik sut emizuvchilardandir.