Jing’ilsoy

Jing’ilsoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Nurota tog’ tizmasining g’arbiy tarmog’i — Qoratog’ning shimoliy yon bag’irlaridagi (880 metr) buloqlardan boshlanib, asosan g’arbiy va shimoliy yo’nalishda oqadi. Uzunligi 30 kilometr, havzasining maydoni 71 km2 bo’lib, Qizilqum cho’li bilan tutashib ketgan past tog’larda joylashganligidan kam suvli. Kuchli jala quyganda va erta bahorda Jing’ilsoy to’lib oqadi, yozda suvi kamayadi va qurib qoladi. Yuqori oqimida, ayrim joylarida buloq, suvlari chiqib turadi.