Jinoyat prosessual huquqi

Jinoyat prosessual huquqi – Huquq tarmog’i; jinoyat ishini tergov qilish va hal qilishda sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlarining faoliyatini, ularning bu borada fuqarolar va muassasalar bilan munosabatini hamda ayblanuvchi, jabrlanuvchi, ayblovchi, himoyachi va boshqa prosess ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydigan huquqiy normalar yig’indisi. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat prosessual huquqi demokratik printsiplarga va qonuniylikka asoslangan bo’lib, vazifasi jinoyatlarni tez va to’la ochish, aybdorni fosh etish, jinoyat qilgan har bir shaxsga odilona jazo berish va hech kimni aybsiz jinoiy javobgarlikka tortmaslikni ta’minlashdan iborat. Sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlari hamda prosessning boshqa ishtirokchilari faqat qonunda ko’rsatilgan vakolat doirasida harakat qiladilar. Jinoyat prosessual huquqi O’zbekiston Respublikasining JPK va boshqa qonun aktlarida ifodalangan.