Jinsiy bezlar, gonadalar

Jinsiy bezlar, gonadalar – odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlarni hosil qiluvchi a’zolar. Jinsiy bezlar jinsni belgilaydi. Ayollar jinsiy bezi tuxumdon odamda kichik chanoq bo’shlig’ida, ko’pchilik sut emizuvchilarda buyrakning orqa Femida joylashgan. Tuxumdonning po’stloq va mag’iz (miya) qavati bo’lib, unda ko’plab follikulalar mavjud, ularning har birida bitta tuxum yetiladi. Tuxumdonda estrogenlar, progestinlar, relaksin va boshqa gormonlar hosil bo’ladi. Erkaklar jinsiy bezi — moyak odamda va talaygina sut emizuvchilarda urug’ xaltachasi (yorg’oq)da, boshqa hayvonlarda qorin bo’shlig’ida joylashgan. Moyakda testosteron va boshqa gormonlar ishlab chiqaradigan erkak jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va boshqa maxsus hujayralar yetiladi. Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning boshqa vakillarida Jinsiy bezlarning joylanishi va tuzilishi xilma- xil. Jinsiy bezlarning sekretor faoliyati gonadatrop gormonlar orqali boshqariladi.