Jiyron qarqara

Jiyron qarqara, qizil qo’ton (Ardea rifigea) — uzun oyoqlilar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qush. Osiyoda, Yevropaning janubida va Afrikada tarqalgan. O’zbekistonda Sirdaryo, Amudaryo atroflarida, Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uchraydi. Qamishzorlarga, ba’zan butazorlarga uya soladi. 3-5 ta tuxum qo’yadi. Boshidagi pati va uzun kokilining binafsha rangli hamda qanotining atrofidagi patlar qizil bo’lishi bilan oq va ko’k qarqaradan farq qiladi. Baliq, baqa, kaltakesak va har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka, sichqon va kalamushlarni qirib, foyda keltiradi.