Jizya

Jizya (Arabcha — jon solig’i) — dastlab Arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, O’rta Osiyo)da musulmon bo’lmagan fuqarolardan olingan jon solig’i. Davlat musulmon bo’lmagan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim bo’lgan. Shuning evaziga ulardan Jizya undirilgan. Jizya balog’atga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qul va ishga yaroqsizlar esa undan ozod qilingan). Jizya asosan pul va natura tarzida undirilgan.