Jizzax suv ombori
Jizzax suv ombori – Sirdaryo viloyatidagi suv ombori. Jizzax shahridan 9 km Janubi-Sharqda, Yoyilmasoy jarligida joylashgan. 1963-68 yillarda qurilgan. Maydoni 12,7 km2, chuqurligi 26 metr, suv hajmi 87,5 million m3, keng joyi 5,1 kilometr, uzunligi 3,3 kilometr. Suv omboriga 25 m3/ sek suv keltiradigan (uzunligi 9 kilometr) va suv omboridan 10 m3/sek suv chiqaradigan (uzunligi 15 kilometr) kanal qurilgan. Jizzax suv omboriga Sangzor daryosining suvi to’planadi. Suv ombori Jizzax tumanidagi 15 ming gektardan ortgan yerni suv bilan ta’minlaydi.