Jmakin Valentin Ivanovich
Jmakin Valentin Ivanovich (1928.5.3, Gorkiy viloyati) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1944— 48), Moskva amaliy bezak san’ati instituti (1948-52) va badiiy sanoat oliy o’quv yurti (1952-54)da ta’lim olgan. Jmakin asarlari o’zbek xalqi hayotidagi muhim voqealarni aks ettirgani bilan diqqatga sazovor, ularda obrazlar yorqin bo’yoqlarda, jonli ifodalangan. «Paranji tashlagan ayol» (1957), «Angren GRES qurilishi» (1958), «industrial O’zbekiston» triptixi (hamkorlikda, 1957-60), «Hamza» (1960), «Hovli» (1970), «Eshelonlar» (1985) va boshqa kartinalar, shuningdek, Toshkentdagi jamoat binolariga ishlangan namoyonlar va mahobatli bezak san’atiga oid asarlar muallifi.