Jodrell-Benk radioastronomik rasadxonasi
Jodrell-Benk radioastronomik rasadxonasi – Angliyadagi eng katta radioastronomik rasadxona. Jodrell-Benk shahrida joylashgan; 1946 yilda tashkil qilingan. Asosiy asboblari: diametri 76,66, 38 va 9 metrli radioteleskoplar. Rasadxonada radiogalaktikalarning fizik tabiati, radio manbalar spektri (Oqqush, kursi va boshqa yulduz turkumlarida), vodorodning Koinotda taqsimlanishi va boshqa tadqiqot ishlari olib boriladi, meteorlar oqimi, Oy va sayyoralar radiolokatsiya yo’li bilan o’rganiladi.