Jomasho’y

Jomasho’y — Namangan viloyatidagi shaharcha (1972 yilgacha katta Jomasho’y qishlog’i). Mingbuloq tumani markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Oqtoshdan 12 kilometr. Viloyat markazi — Namangandan 29 kilometr. 383 metr balandlikda. Aholisi 10,1 ming kishi (2000). Dastlab 1952 yilda cho’lda tashkil etilgan Jomasho’y tumanining markazi bo’lgan. Jomasho’y nomi jamansha urug’i nomidan degan taxmin mavjud. Jomasho’yda 3 umumiy ta’lim maktabi, Markaziy kutubxona, Markaziy kasalxona, maishiy xizmat uyi, savdo markazi, san’at saroyi, aloqa uyi, dehqon bozori va boshqa bor.