Jomolungma, Everest, Sagarmatxa

Jomolungma, Everest, Sagarmatxa — yer yuzidagi eng baland cho’qqi, Himolay tog’larida, Nepal bilan Xitoy chegarasida. Jomolungma qisman Sagarmatxa (nepal) milliy bog’i tarkibida. Balandligi 8848 metr. Zamini kembriygacha vujudga kelgan gneys va granitlardan, 7000 metrdan yuqori qismi mezozoyning kristalli ohaktosh va slaneslaridan tarkib topgan. Shakli piramidasimon. Tog’ tepasidan atrofga 5000 metr balandlikkacha muzliklar oqib tushgan. Janubiy yon bag’ri tik bo’lgani uchun bu yerda qor turmaydi. Jomolungma cho’qqisiga 1953 yil 29 mayda Jomolungma Xant boshliq ingliz ekspeditsiyasi a’zolari — nepallik Tentsing va yangi zelandiyalik E. Xillari chiqib yetdilar. Ayollardan birinchi bo’lib yaponiyalik alpinist Yu. Tabey (1976) chiqqan. 1998 yil 22 mayda 11 kishidan iborat O’zbekiston alpinistlari Jomolungma cho’qqisini zabt etdilar.