Jo’n kanali
Jo’n kanali — Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent shahrining janubi- Sharq qismidan o’tadigan Salor kanalining jo’n-Salor suv taqsimlagichidan boshlanadi. Uzunligi 54 kilometr. Qadimgi kanallardan biri. Shimoli-sharqdan janubi-g’arbga egri-bugri bo’lib oqadi. Bosh qismining maksimal suv sarfi 32,0 m3/sek. Eni 4-9 metr, chuqurligi maksimal suv sarfi davrida 2-3,5 metr. Atrofdagi yerlarni sug’orish uchun kanaldan juda ko’p tarmoqlar chiqarilgan. Kanalning ko’p qismi jarlik va noqulay joylardan o’tadi. 1927-28 yillarda kanal gidrotexnik inshootlar bilan to’la ta’minlandi. Keyingi yillarda kanal rekonstruktsiya qilindi va yo’nalishi yildan yilga to’g’rilanib, uzaytirib borildi. Bosh qismi betonlashtirilgan. Jo’n kanali Yangiyo’l tumanida 20 ming gektardan ko’proq yerni sug’oradi. Shu tuman hududida ariqlarga bo’linib tugaydi.