Jonbos qal’a makoni
Jonbos qal’a makoni – jonbos Qal’at Janubdagi past-tekislik va taqirliklarning chegarasi bo’ylab joylashgan neolit davriga oid 18 makon (miloddan avvalgi 4-3 ming yillik). 1938— 40 va 1945 yillarda S. P. Tolstoe rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi o’rgangan. O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullangan aholining hayoti haqida ma’lumot beradi. Jonbos qal’a makonida yashagan xalqlar yaratgan yodgorliklar tarixda Kaltaminor madaniyati deb yuritiladi. Ad.: Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.