Jonbos qal’a, yonbosh qal’a
Jonbos qal’a, yonbosh qal’a — qadimgi qal’a xarobasi. Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumanidagi Sulton Uvays tog’i Janubi-sharqida joylashgan (miloddan avvalgi 4-asr — milodiy 2 – asr). S. P. Tolstoe rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi tekshirgan (1938-39). Jonbos qal’a maydoni 200×170 metr; xom g’isht va paxsadan qilingan qalin va qo’sh devorlar bilan o’ralgan. Devorlarining balandligi 10-11 metr, qalinligi 1 — 13 metr, ular o’rtasidagi 2,8 metr kenglikda yo’lak bo’lib, tashqi devorda shaxmat taxtasi tarzida ikki qator qiya shinaklar bo’lgan. Darvozadan boshlangan yo’l qal’ani teng ikki dahaga ajratgan, yo’l oxirida otashparastlar ibodatxonasi — otashkada xarobasi, qal’a ichida 300 dan oshiq uy va kichik xrvlilar, sopol pishiradigan xumdon qazib ochilgan. Charxda yasalgan juda ko’p sifatli sopol idishlar (katta-kichik ko’za, xum, uzun tutqichli qadah, chuqur kosa, qozon va boshqalar) topilgan. Ayrim ko’zalar bandining yuqori qismi idish chetini tishlab turgan Arslon va boshqa jonzodlar shaklidan iborat. Turli rangdagi katta-kichik marjon-munchoqlar orasida Suriya, Misr, Shimoliy Qora dengiz bo’yi shaharlaridan keltirilganlari ham uchraydi. Jonbos qal’a milodiy 2-asrda xarobaga aylangan.