Jondor

Jondor — Buxoro viloyatidagi shaharcha (1981 yildan.) Jondor tumanining markazi. Buxoro vohasining Janubi- g’arbida, qadimgi Zarafshon o’zanining o’ng sohilida joylashgan. Aholisi 8,7 ming kishi (2001). Plastmassa, vino, konserva, sut, non zavodlari ishlab turibdi. «Xadan» (O’zbekiston-Xitoy) qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsatadi. Jondordan xalqaro ahamiyatga molik Buxoro — Turkmanobod (Chorjo’y) avtomagistrali o’tgan. Jondor — Buxoro, Jondor —Qorako’l yo’nalishlarida avtobuslar qatnaydi. Jondorda 2 umumiy ta’lim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyi, internat maktabi, 2 kutubxona, jamoatchilik muzeyi, Markaziy kasalxona mavjud. Jondorda 1941-45 yillardagi urush qatnashchilariga yangi majmua barpo etilgan (2001).