Jonibek ibn Baroqxon ibn Qo’yruchuq o’g’lon ibn O’rusxon
Jonibek ibn Baroqxon ibn Qo’yruchuq o’g’lon ibn O’rusxon (15-asr) — qozoq xoni. Jo’jixon avlodidan. O’zbek ulusiga egalik qilish uchun Abulxayrxonga qarshi kurash olib borgan. Lekin Abulxayrxondan mag’lub bo’lgach, Kirayxon bilan birga Mo’g’umistonga Esonbug’axon huzuriga qochgan (1428). Xon ular ixtiyoriga Mo’g’ulistonning g’arbiy chekkasi bo’lgan Chu va Qo’ziboshi viloyatlarini bergan. Abulxayrxon vafotidan so’ng O’zbek ulusida parokandalik, o’zaro ichki nizolar kuchaygan. Ulusning ko’pgina aholisi (200 ming kishi) Jonibek va Kirayxon panohiga ko’chib kelgan. Ularni o’zbek-qozoq deb atay boshlaganlar. Qozoq sultonlari 1466 yildan hukmronlik qila boshlaganlar. Jonibek vafotidan so’ng katta o’g’li Adik Sulton taxtga o’tirgan. Shayboniyxon Xurosonga yurish qilganda Adik Sulton ham ushbu yurishda qatnashib o’sha yerda vafot etgan (1510).