Jonibek Subhon (1944) kim bo’lganini bilasizmi?
Jonibek Subhon (Jonibek Suvonqulov) 1944 yil 9 iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. «Sirdaryo haqiqati» gazetasida (1970—1980), O‘zTAGning (hozirgi «O‘zA») Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri (1980—1984), Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi (1984—1986), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida (1986 yildan) ishlagan.
Birinchi she’riy to‘plami «Zangori ufqlar» 1978 yilda chop etilgan. «Qirralar» (1988), «Ota makon» (1991), «Tazarru onlari» (1993), «Silsila» (1994), «Ro‘yo» (1994) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, u «Senga intilaman» (1987), «Katta hayot bo‘sag‘asida» (1987), «Zamon qo‘ng‘irog‘i» (1990) to‘plamlarining ham muallifi.
Jonibek Subhonning aruz vaznida yozilgan «Bezovta ruh» dostoni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan.
«Pariqishloq» rivoyati, «Madyanlar fojeasi» dostoni, qator g‘azallari aruz vaznida yozilgan. Bolalarga atab yozilgan she’rlari, «Suva-raknoma» majoziy dostoni bor.
O‘xshash so‘zlar
- Jonibek
- Jonrid Abdullaxonov (1929-2015) kim bo’lganini bilasizmi?
- Jumaniyoz Jabborov (1930-2010) kim bo’lganini bilasizmi?
- Karimbek Kamiy (1864-1923) kim bo’lganini bilasizmi?
- Komil Xorazmiy (1825-1899) kim bo’lganini bilasizmi?
- Komil Yashin (1909-1997) kim bo’lganini bilasizmi?
- Komilbek Norbekov (1880-1943) kim bo’lganini bilasizmi?
- Laffasiy (1880-1945) kim bo’lganini bilasizmi?


