Jonibek Sulton
Jonibek Sulton (to’liq ismi: Jonibek ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (? — 1529.20.3, Miyonkol) — shayboniylarpan. Abulxayrxonning nevarasi, Muhammad Shayboniyxonning amakivachchasi. 16-asr boshida Shayboniyxon qo’shini tarkibida Movarounnahrni egallashda ishtirok etgan. Shayboniyxon tomonidan Farg’ona (Axsi) hokimi etib tayinlangan (1503- 09), so’ngra (1510 yildan) Karmanada o’g’illari bilan hukmronlik qilgan. Jonibek Sulton farg’onalik piri — Jaloliddin Ahmad Kosoniy — Maxdumi A’zamni Karmanaga chaqirtirib olgan (1514-16). Shayboniyxon vafoti (1510 yil dekabr)dan so’ng Movarounnahrga yurish qilgan Bobur 1511 yil oktabrda Samarqandni qo’lga kiritadi. Jonibek Sulton boshqa Shayboniy sultonlar qatori Turkistonga qochgan. 1512 yil Ubaydullo Sulton bilan birga Movarounnaxrga qaytib ko’li Malik jangida Boburni yengib Buxoro va Samarqandni egallashda ishtirok etgan. Bobur safaviylardan harbiy qo’shin (Najmi Soniy boshchiligidagi qo’shin) olib Jonibek Sulton turgan G’ijduvonni qamal qiladi (1512). Jonibek Sultonning oz sonli qo’shini qal’adan chiqib tengsiz to’qnashuvda Boburdan yengiladi. Biroq Ubaydullo sultonning puxta harbiy rejasi tufayli Shayboniylar g’alaba qiladilar. Shoir Podshohxoja (1480— 1545) Jonibek Sultonga atab «maqsad ul-atvor» dostonini yozgan (1515-20). Manba: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hofiz Tanish Al- Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999. Ad.: Axmedov B. A., Istoriko-Geo- Graficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII bb., T., 1985; materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-ata, 1969; Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., chast 2, M., 1964. Faxriddin Hasanov.