JO’RAQAND
JO’RAQAND — qovunning o’rtapishar navi. Xalq selektsiyasida yaratilgan. Shakli cho’ziq, ellipssimon yoki tuxumsimon. Po’sti silliq, bir oz g’adir-budur, uzunligi 18— 23 santimetr, og’irligi 2-3 kilogramm. Yoppasiga to’r bilan qoplangan, to’rlari yirik, dag’alroq. Eti qalin (4-4,5 santimetr), oq, ba’zan och yashil, muloyim, sal qarsillaydi, shirin. Tarkibida 12,1% quruq modda, 9,5% qand, shu jumladan 7,2% saxaroza bor. Urug’i Jo’raqand qovun navi. o’rtacha, sarg’ish. Urug’idan unib chiqqandan so’ng birinchi xrsili 78-90 kunda pishadi. Oqpalak kasalligiga chidamliroq. Hosildorligi 20-28 tonna/gektar. Asosan Toshkent, Farg’ona viloyatlarida ekiladi.