JO’RAYEV NURALI

JO’RAYEV NURALI (1941.10.7, Baliqchi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1990). Namangan pedagogika institutining matematika fakultetini tugatgan (1966). 1966 yildan Baliqchi tumanidagi 1-maktabda, so’ngra 14-maktabda matematika o’qituvchisi. 1998 yildan nafaqada. Jo’rayev darslarni qiziqarli, ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan foydalangan qolda o’tgan; u maktabda zamonaviy matematika kabinetini tashkil etgan. Jo’rayev yuqori sinf o’quvchilarini fan yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tashabbuskori.