JO’RAYEV RAHMAT

JO’RAYEV RAHMAT (1941.20.2, Marhamat tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutining boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetini tugatgan (1975). Mehnat faoliyati 1961 yildan boshlangan. 1964 yildan marhamat tumanidagi 4-maktabda, 1971 yildan 6-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Jo’rayev har bir darsga ijodiy yondoshib, ish jarayonida yuzlab ko’rgazmali qurollarni qo’lda tayyorladi.