Jo’rayev Xayrulla Ravshanovich
Jo’rayev Xayrulla Ravshanovich (1945.20.1, Zomin tumani) — kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1970). O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor, muharrir, bosh muharrir (1976-87). «Videofilm» markazining direktori (1988— 89). Prezident devonida mas’ul xodim (1990-92), O’zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992-93), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996 yil 1 noyabrdan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: «Ahmatovlar oilasi», «Abdumannon Umarov», «Abdulla Qodiriy», «Hamid Olimjon» va boshqalar; to’la metrajli: «fuqaro», «barcha fazilatlar senda mujassam», «Afg’oniston, 85-yil kuzi», «ikki million tanish chehra» (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar yaratgan. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (2000).