Jorjio Viktor Antonovich
Jorjio Viktor Antonovich (1907.29.9, shaxti, Rostov viloyati — 1974.1.1, Toshkent) — geofizik olim, geografiya fanlari Doktori (1944), professor (1944). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (I960), Rostov universitetini tugatgan (1930), shimoliy Kavkaz Meteorologiya byurosida, O’rta Osiyo ob-havo byurosida (1933-35), O’rta Osiyo universitetida (1935-74) ishlagan. Jorjio O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutining nazariy geofizika bo’limini tashkil etishda qatnashgan va ushbu institut direktori (1947-1953). Asosiy ilmiy ishlari O’rta Osiyo sinoptik jarayonlari, havo massalari va frontlari, dinamik iqlimshunoslik, izentropik taxlil, aviasiya meteorologiyasi, sinoptik jarayonlarga statistik- stoxastik taxlil usulini tatbiq etishga bag’ishlangan. T. A. Sarimsoqov va V. A. Bugaevlar bilan hamkorlikda Markov zanjiri nazariyasini bu sohaga tatbiq etgan. U atmosferadagi tez havo oqimlarini tekshirish maqsadida universitetda maxsus laboratoriya tashkil etgan (1960). Toshkent meteorologiya maktabining asoschilaridan biri.