Jos
Jos — Afrika g’arbidagi plato, niger va Benue daryolari oralig’ida, nigeriyaning Markaziy qismida joylashgan. Kristalli jinslardan tuzilgan. O’rtacha balandligi 1200-1400 metr, eng baland joyi — 1735 metr. Past-baland yuzalarda ba’zan granitli cho’qqilar, yassi yuzali tepaliklar va so’ngan vulqon kraterlari ko’tarilib turadi. Jos platosidan Niger daryosi va Chad ko’lining ko’plab irmoqlari boshlanadi. Iqlimi ekvatorial mussonli, nam iqlim; yiliga 1000 mm chamasida yog’in yog’adi. Ikkilamchi bo’liq o’tli savannalar bilan qoplangan. Qalay, tantal va niobiy konlari bor.