JO’SHA
JO’SHA — qizil gil (kesak). Kulolchilikda rang tayyorlashda muhim xom ashyo hisoblanadi. Sopol idishlarga qizil rang yoki naqsh berishda qo’llaniladi. Buning uchun buyum suvda suyultirilgan Jo’shaga chayib olinadi yoki suyuqlik bilan unga naqsh beriladi. Jo’sha O’zbekistonning ayrim joylari (masalan, Andijon va Marg’ilon) da ro’sha ham deyiladi.