Jovanoli (Giovagnoli) Raffaello

Jovanoli (Giovagnoli) Raffaello (1838.13.3 – Rim – 1915.15.8) -italyan yozuvchisi. Risorjimento qatnashchisi, Jovanoli Garibaldi safdoshi bo’lgan. Jovanolining Qadimgi Rim haqidagi «Plautilla» (1878), «Saturnino» (1879), «Messalina» (1855) va boshqa tarixiy romanlarida mustabid tuzumga qarshi romantik kurash ohangi jaranglab turadi. Milodgacha bo’lgan 1-asrdagi qullar va gladiatorlarning qo’zg’oloni haqidagi «Spartak» (1874) romani Jovanoliga shuhrat keltirdi. Bu roman bir oz sentimental ruxda yozilganiga qaramasdan, qad. o’tmishda zulmga qarshi kurashgan isyonkor obrazini ulug’laydi. Muallif romanida ijtimoiy adolat va teng huquqlik uchun kurashga da’vat etadi. Jovanolining «Spartak» romani Rustam Abdurahmonov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1970).