Jo’yi arziz
Jo’yi arziz (forscha – qo’rg’oshin ariq) — Afrosiyobni suv bilan ta’min etgan qadimgi kanal. Taxminan 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida qurilgan. Jo’yi arziz pishiq gishtdan qurilib, ichki qismi qalay bilan qoplanganligi uchun tarixiy manbalarda «Jo’yi arziz» nomi bilan tilga olinadi. Jo’yi arziz qoldiqlarini 1946 yilda arxeolog A. I. Terenojkin Samarkand dehqon bozorining ro’parasidan topgan. Jo’yi arziz kattaligi 59x40x9 santimetr, 42x42x9 santimetr, 28x49x9 santimetr, 36x49x9 santimetrlik pishiq g’isht bilan kul aralash ohak qorishmasidan qurilgan. Samarqandni suv bilan ta’min etishda muhim inshoot bo’lgan Jo’yi arzizni muhofaza qilishga alohida ahamiyat berilgan. Istaxriyning (10-asr) yozishicha, bu inshootga yil davomida qarab turish otashparastlar zimmasiga yuklangan. Bu xizmatlari uchun ular jon solig’idan ozod etilgan. Jo’yi arziz 1220 yil mo’g’ullar tomonidan vayron qilingach, Afrosiyob suvsiz qolib, xarobaga aylangan.