Jozefson (Josephson) Brayan Devid
Jozefson (Josephson) Brayan Devid (1940) — ingliz fizigi. Ilmiy ishlari o’ta o’tkazgichlarga va tunnellash masalalariga bag’ishlangan. Ikkita o’ta o’tkazgichni ajratib turuvchi yupqa (~10A=10-‘ m) dielektrik qatlamdan o’ta o’tkazuvchan tok oqayotganda nostasionar effekt sodir bo’lishini bashorat qilgan. Bu effekt Jozefson effekti deb ataladi. Nobel mukofoti laureati (1973, A. Jayever va L. Esaki bilan hamkorlikda).