Juba, jubba

Juba, jubba — Afrikaning shimoli- sharqidagi daryo. Efiopiya va Somali davlatlari hududidan oqib o’tadi. Efiopiya yassitog’ligidan 3 ta irmoq bilan boshlanib Dolo shahri yonida ular qo’shilgach, Juba nomini oladi. Somali platosidan o’tib Hind okeaniga quyiladi. Uzunligi Ganaledoriya irmog’i bilan 1600 kilometr, havzasining maydoni 750 ming km2. O’rtacha yillik suv sarfi 550 m3/ sek. Yog’ingarchilik mavsumlari (aprel— iyun, sentabr—noyabr) da bardera shahrigacha kema qatnay oladi. Quyilish joyida Kasmayo porti (Somali) bor.