Jubba, Jibba

Jubba, Jibba-1. O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlari hududida jangchini yoy o’qi va nayzadan saqlash uchun simdan to’qilgan maxsus kiyimi bo’lib, u XVI asrgacha qo’llanilgan. 2. Shuningdek, O’rta Osiyo hududida so’nggi o’rta asrlarda avra-astarning ichiga paxta solib qavilgan keng va uzun choponlar ham jubba deb atalgan bo’lib, ularni ko’pincha qalandarlar, shayxlar kiyishgan. Jubbaning mo’yna va teridan qilingan turlari ham bo’lgan.