Juft tuyoqlilar

Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) -sut emizuvchilar sinfining turkumi. Quyi eosendan ma’lum. Oyoqlari o’qi kuchli rivojlangan bo’lib, 3 – va 4-barmoqlari o’rtasidan o’tadi. 2 – va 3-barmoqlari kuchsiz rivojlangan, 1-barmogi bo’lmaydi. Oyoqlarining sagittal qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi, o’mrov suyagi yo’q. 2 kenja turkum: kavshavchi va kavshamaydigan kenja turkumga bo’linadi. Hozirgi zamon faunasida 150 ga yaqin turi ma’lum. Keng tarqalgan, Avstraliya va yangi Zelandiyaga introduktsiya qilingan. O’zbekistonda 8 turi ma’lum. O’simlikxo’r, ba’zan xammaxo’r (to’ng’iz). Bir qancha turlari (echki, qo’y, sigir) xonakilashtirilgan. Ko’pchilik yovvoyi turlarining soni kamayib ketmoqda. Bir qancha turlari (jayran, arxar, tog’ echkisi) O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.