Jukov Boris Samoylovich
Jukov Boris Samoylovich (1906.2.12, Turkmanistonning Qizilravot shahri — 1987) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1969). Moskva poligrafiya institutida ta’lim olgan (1928-31). 1931 yildan O’zbekistonda. O’zbekiston davlat nashriyotida badiiy muharrir- rassom bo’lib ishlagan hamda «Mushtum» jurnalda faol qatnashgan. 2-jahon urushi davrida frontlar (shimoliy Kavkaz fronti) da bo’lib, jangchilarning jasoratlari tasvirlangan asarlar yaratgan («dushman chekindi», «partizanlarning ishi», «kubanda» va boshqalar). Kitoblarni bezagan, plakatlar ishlagan («qahramon xalq Farhod GES qurilishida», 1942 va boshqalar).