Jukovskiy Vasiliy Andreyevich

Jukovskiy Vasiliy Andreyevich [1783.29.1(9.2), tula viloyati -1852.12(24).4, Baden-Baden, Germaniya] — rus shoiri. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1827), akademik (1841). Ijodini sentimentalist sifatida boshlab («qishloq qabristoni», 1802), rus romantizminmng asoschilaridan biriga aylangan. She’riyati g’amgin o’ylarga, romantik ruhda qayta ishlangan xalq tasavvuridagi obrazlarga boy («Lyudmila», 1808; «Svetlana», 1808-12; «Kassandra», 1809; «Eolova Arfa», 1814 va boshqa balladalari). «Uxlayotgan o’n ikki dev» (1817) dostoni muallifi. Gomer («Odisseya»), F. Shiller, J. Bayron asarlarini, «Shohnoma» (Firdavsiy), Hindiston xalqlari eposi «Mahabharata»lan parchalar tarjima qilgan. «Odisseya», «Mahabharata» asarlari o’zbek tiliga Jukovskiyning rus tilidagi tarjima varianti asosida o’girilgan.