Julboyeva Zulpin

Julboyeva Zulpin (1951.29.3, Sherobod tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Termiz pedagogika bilim yurtini (1969) va institutini (1984) tugatgan. 1969 yildan Termiz tumanidagi 42-, Sherobod tumanidagi 12-, Qiziriq tumanidagi 1-, 1983 yildan 2-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Julboyeva sinf bilan ishlashdan tashqari har bir o’quvchi bilan alohida ishlashga katta e’tibor beradi. Darslarni hozirgi davr talablari asosida olib boradi.