Jumaniyozov Bekturdi

Jumaniyozov Bekturdi (1939.20.1, Xiva tumani) — usta dehqon, O’zbekiston Qahramoni (2000). 1957 yildan Xiva tumanidagi «O’zbekiston» jamoa xujaligi a’zosi, shu xo’jalikda hisobchi (1963- 68), 1968 yildan brigada boshlig’i va 1998 yildan «O’zbekiston» shirkat xo’jaligida bosh pudratchi. Jumaniyozov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik, lavlagikorlik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori ko’rsatkichlarga erishdi. 1999 yilda paxtadan 34,8 ts/ga, qand lavlagidan 315 ts/ga, kuzgi bug’doydan 62 ts/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida ko’p shogirdlar tarbiyaladi.