Jumg’o’ltov

Jumg’o’ltov — Tyanshan tog’larining shimoliy tizmalaridan biri (Qirg’izistonda). Kenglik bo’ylab yo’nalgan. G’arbda Ko’kumeren daryosi darasi orqali Susamir tog’ tizmasidan ajralib turadi. Janubda Jumg’o’l soyligi bor. Uzunligi 100 kilometrdan ziyod. Eng baland joyi 3948 metr. Tufogen qumtoshlar, ohaktosh-slyuda slaneslari va granitlardan tarkib topgan. Yon bag’irlarida yer bag’irlab o’sadigan archali o’tloqlar, o’tloq-dasht changalzorlari, qora qarag’ay o’rmonlari bor.