Jumurtov

Jumurtov — Qoraqalpog’iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi shaharcha (1968 yildan). Aholisi 3,5 ming kishi (2000), asosan, qoraqalpoqlar va o’zbeklar yashaydi, shuningdek, rus, tatar, turkman va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi Urganchgacha 70 kilometr. Jumurtov Amudaryo tumanining sharqida, asosan, Jumurtov tog’i etaklarida joylashgan. Jumurtovda tosh maydalash-saralash, noruda materiallar ishlab chiqarish, asfalt, shag’al, ohaktosh zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish birlashmasi, neft bazasi, non yopish tsexi, avtokorxona, 2 maktab, kutubxona bor.