Jun qirqish agregati
Jun qirqish agregati – qo’ychilik fermalari va yaylovlardagi punktlarda qo’y junini qirqishda ishlatiladigan texnologik jihozlar maj mui. Elektr-mexanik (1, 12 va 24 mashinkali) va mexanik (4 mashinkali) xillari bor. Asosan bir mso=77B mashinkali Esa=1D (500 ta qo’yga), 12 ta mashinkali esa=12g (8-12 ming qo’yga), yuqori chastotali 6 ta MSU — 200 mashinkali Esa-6/200 yoki 24 ta shunday mashinkali VSTS-24/200 va kto-24 Jun qirqish agregati (20 ming qo’yga) ishlatiladi. Elektr mashinkalar AOL-012-ZS uch fazali asinxron elektr dvigateli yordamida egiluvchan val orqali ishlaydi. Har qaysi mashinkaning quvvati 0,12 kVt; kuchlanishi 220/380 V; tok kuchi 0,59— 0,35 A; aylanish chastotasi 46,6 s-1. Jun qirqish agregati ishlatiladigan joyda juni kirqilgan qo’ylarni veterinariya ishlovidan o’tkazish, qo’zilarni ajratish, qo’ylarni saklash joylari bo’ladi. 24 mashinkali Jun qirqish agregati ishlatiladigan punktda bundan tashqari, jun transportyori, junni zichlash pressi, saralash stoli, tarozi, pichoq va taroqlarni charxlash hamda yetiltirish apparatlari bo’ladi.