Junayd ibn Abdurahmon

Junayd ibn Abdurahmon (?- 734) — umaviylarnnng Xurosondagi noibi (729-734, Marv). Xalifa Yazid II ibn Abdulmalik (720-724) davrida xalifalikning Hindistondagi Islom mulklarini idora qilgan. 724 yil Hishom ibn Abdulmalik xalifa bo’lgach, uni Xuroson noibi etib tayinlagan. Junayd ibn Abdurahmon 730 yil besh yuz askar bilan Xurosonga kelib, ayni vaqtda Buxoro va Sug’d ahliga qarshi jang qilayotgan sobiq Xuroson noibi Ashras ibn Abdullohdan harbiy yordam oldi. So’ng, u Xuroson tomon yo’lga chiqqan turk xoqoni bilan Hind daryosi bo’yida jang qilib, uni yengdi va ko’plab o’ljalar oldi. 731 yil xoqon yana Xurosonga yurish qildi. Shunda Junayd ibn Abdurahmon Samarqand hokimi Savra ibn al-Hurr ad-Dorimiydan madad olib, uni tor-mor keltirdi. Samarqand va Buxoro Junayd ibn Abdurahmon tasarrufiga o’tdi. Junayd ibn Abdurahmon xalifa Hishom ibn Abdulmalik bilan oralari kelishmay qolgani boisidan 734 yil amaldan tushirilib, o’sha yili vafot etgan.