Jung’ariya Olatovi

Jung’ariya Olatovi (Yettisuv Olatovi) — Qozog’istonning Janubiy- Sharqiy qismi va Xitoydagi tog’lar. Olako’l va ili daryosi orasida. Uzunligi qariyb 450 kilometr, eni 50-190 kilometr. Bir necha parallel tizmalardan iborat. Balandligi 1500-3000 metr. Eng baland joyi 4464 metr (Besbaskan tog’i). Muzliklar (maydoni 1120 km2) mavjud. Jung’ariya Olatovida polimetall, mis, nodir metall konlari bor. Chala cho’l va dasht o’simliklari o’sadi, 2600 metrdan yuqorida subalp va Alp o’tloqlari mavjud.