JUZJONIY ABU UBAYD ABDULVOHID IBN MUHAMMAD

JUZJONIY ABU UBAYD ABDULVOHID IBN MUHAMMAD (tug’ilgan yili noma’lum — 1047) — tib olimi. Abu Ali ibn Sinoning shogirdlaridan. Afg’onistonning Juzjon viloyatida tug’ilgan. U Ibn Sinoning o’zi yozgan tarjimai holini uning vafotidan so’ng nihoyasiga yetkazgan. Bu manba Ibn Sino haqidagi eng ishonchli manba bo’lib, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 2385).