KAFOLATLI TO’LOVLAR

KAFOLATLI TO’LOVLAR – O’zbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligiga muvofiq, amalga oshi- riladigan pullik to’lovlar. Bunday to’lovlar xodim uzrli sabablarga ko’ra, o’z xizmat vazifalarini amalda bajarma- gan vaqti uchun to’lanadi. K.t. xodimlar- ning moddiy manfaatlarini ko’riqlash maqsadida, ular davlat, jamiyat yoki ish beruvchiga taallukli, xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni baja- rish uchun jalb etilgan takdirda o’rtacha ish haqi o’rnida; ish haqidan farq qilib, ishning miqdori va sifatiga ko’ra emas, balki xodim o’z huquklari va majburi- yatlarini ado etishining moddiy sharti tarzida to’lanadi. K.t.ning ijtimoiy vazifasi — xodim ishlamagan davrlarda uning turmush darajasi pasayib ketishi- ga yo’l qo’ymaslikdan iborat. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida xo- dimlar tomonidan: a) davlat yoki jamo- at vazifalarini bajarayotgan vaqtida (165-modda); b) ish beruvchi va mehnat ja- moasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida (166-modda); v) jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (167-modda) beriladigan K.t.ning turla- ri belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasining 1997 y. 11 mart – dagi 133-sonli «O’zbekiston Respu- blikasining mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normative hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi qarorida xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shu- ningdek, ularning jamiyat manfaatla- riga doir harakatlarni amalga oshiri- shi b-n bog’liq K.t.ni berish tarti-bi tasdiqlangan. Ushbu normativ hujjatga muvofiq, «xodim tomonidan davlat va jamoat vazifalarini bajarish» dey- ilganda saylov huquqini amalga oshi- rish, deputatlik huquqlarini bajarish; tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida qatnashish; harbiy burchni ado etish; dastlabki tergov va Odil sudlovni amalga oshirishda guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tarikasida chaqirilganda, sud Majlis- larida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi, xalq maslahatchisi, jamo- at birlashmalari, mehnat jamoalari- ning vakili sifatida ishtirok etish kabilar; «jamiyat manfaatlariga doyr harakatlar» deyilganda falokat va ta- biiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish va b. hollarda tibbiy tekshiruvdan o’tish, quyish uchun qon topshirish kabilar na- zarda tutiladi hamda ushbu vaktlar- da ularning o’rtacha ish haklari saklab qolinadi. Xodim shunday ishlarni bajargan- ligi vakolatli organning bergan ma’- lumotnomasi b-n tasdiqlanadi va xo- dimga unda ko’rsatilgan barcha vaqt uchun o’rtacha ish haqi mikdorida K.t. berila- Di. Xodim tomonidan davlat va jami- yat vazifalarini bajarganlik, jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganlik b-n bog’liq bo’lgan xarajatlar byudjet tashkilotlarida,byudjet hisobidan, xo’jalik hisobidagi korxonalarda esa soliq summalarini tegishlicha kamayti- rish yo’li b-n qoplanadi.